"Inter" Vesinoni "Zenit"ga sotishga tayyor

  • 13 sentabr, 2020, 20:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" urugvaylik yarim himoyachisi Matias Vesinoni "Zenit"ga sotishi mumkin.

Tecno

Tuttosport tarqatgan xabarga ko‘ra, “neradzurrilar” 29 yoshli futbolchining transferini 30 mln evroga baholamoqda. Ammo ushbu narx koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz sabab “Zenit”ga qimmatlik qilishi mumkin.

Vesino “Inter” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 96 ta o‘yinda maydonga tushdi va 11 ta gol hamda 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning milanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!