Internetda Neymarning PSJ yangi libosidagi surati tarqaldi (foto)

  • 27.02.2023 16:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hujumchi Neymarning jamoa 2023/2024 yilgi mavsumda o‘ynaydigan PSJning yangi libosidagi surati paydo bo‘ldi. Surat "La Source Parisienne" nashri tomonidan e’lon qilingan.

Jamoa libosi ochiq kulrangda, qizil va ko‘k ranglar ham aralashgan bo‘lib, mamlakat bayrog‘ini o‘zida mujassam etgan. PSJ bu libosdan safar o‘yinlarida foydalanadi.

Avvalroq, Neymarning parijliklar jamoasini tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Unga Londonning "Chelsi" klubi qiziqish bildirmoqda.

Braziliyalik futbolchi joriy mavsum Liga 1da 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

lavlov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!