
Iqboljon Xoldorov 3 aprel kuni Afrika vakiliga qarshi ringga ko‘tariladi
Ayni kunlarda boks ixlosmandlarini 3 aprel kuni ringga ko‘tariluvchi hamyurtlarimizning raqiblari qiziqtirayotganligi sir emas. Albatta, bir qator ishtirokchilar kimga qarshi ringga ko‘tarilishi ma’lum bo‘lib ulgurgan.
Biroq, Iqboljon Xoldorovning raqibi ma’lum emasdi. To‘g‘rirog‘i u ukrainalik Vladimir Gordienkoga qarshi ringga ko‘tarilishi kerak edi. Biroq, saytimizga ma’lum bo‘lishicha barcha juftliklar aniqlangan va unga ko‘ra, Iqboljon Xoldorov tanzaniyalik Kulva Bushiriga qarshi debyut jangini o‘tkazadigan bo‘ldi.
Bushiri faoliyati mobaynida 19 ta jang o‘tkazgan va ularning 13 tasida g‘alaba qozongan. Shuningdek, beshta mag‘lubiyat va bir bora durang qayd etgan. 5 ta jangida raqiblarini muddatidan avval mag‘lub etgan.
Sanjar Tursunov Toshkentda Ukraina vakiliga qarshi jang qiladi |
Mirazizbek Mirzahalilovning ham debyut jangidagi raqibi ma’lum |
Bahodir Jalolovning Toshkentda kim bilan jang qilishi ma’lum bo‘ldi |
Fikrlar