"Iraola "Liverpul"da yangi davr boshlaydi" — Aleks Skott fikr bildirdi
"Bornmut" yarim himoyachisi Aleks Skott bosh murabbiy Andoni Iraolaning "Liverpul"ga tayinlanishi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Ispaniyalik mutaxassis uch yil davomida "Bornmut"ni boshqargan va yangi mavsumdan "Enfild"da ish boshlaydi.
"Andoni – ajoyib murabbiy. U bilan uch yil davomida nimalarga erishganimizga qarang, qanchalik rivojlandik. Biz juda yuqori intensivlikda pressing qilardik — bu Kloppning dastlabki “Liverpul”iga o‘xshardi.
“Liverpul” muxlislari bu tayinlovdan albatta xursand bo‘lishi kerak. Iraolada yuqori darajada muvaffaqiyat qozonish va top-murabbiy sifatida o‘zini isbotlash uchun barcha sifatlar bor", — dedi Skott.
Ma’lumot uchun, Iraola mersisaydliklar boshqaruvida avvalgi murabbiy Arne Slot o‘rniga tayinlandi.

Fikrlar