Iroq kichik kambek evaziga chorak finalga chiqdi, keyingi raqib O‘zbekiston! (fotogalereya)

  • 7 iyun, 2022, 20:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

U23 Osiyo Kubogi so‘nggi turi doirasidagi Iroq - Quvayt o‘yini yakuniga etdi. Unda iroqliklar 3:1 hisobida zafar quchdi.

Hisob nominal mezbonlar futbolchisi Al-Rashidi tomonidan 12-daqiqada ochildi. Ammo bunga mezbonlar Muntander, Og‘aili hamda G‘uraybavining aniq zarbalari evaziga 3 bor javob qaytardi.

Shu tariqa, Iroq "B" guruhida ikkinchi o‘rinni egallab, pley-offga chiqdi. Chorak finalda ular Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston OTJ bilan kuch sinashadi.

Quyida ushbu bahsdan fotogalereyani tomosha qilishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!