
Iskanderov: "Ertaga qora an’ana tugaydi"
Ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi "JCh-2026" saralashining uchinchi bosqichi doirasida BAA termasiga qarshi bahs olib boradi. Bugun futbolchilarimiz noqulay ob-havoga qaramay navbatdagi umumjamoa mashg‘ulotini o‘tkazdi.
Terma jamoamiz yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov ertangi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi va jurnalistlarning savollariga javob berdi.
Ertangi bahs oldidan jamoaning tayyorgarligi qanday?
- Hozir barcha yaxshi formada. Eron bilan o‘yindan keyingi toliqishlar yo‘qoldi. O‘yinga 100 % tayyormiz. Albatta oson o‘yin bo‘lmaydi. Biroq, uch ochkoni qo‘lga kiritishga astoydil harakat qilamiz.
Jamoalar kuchi teng bo‘lsa-da, BAAni hozirgacha o‘z stadionimizda mag‘lub eta olmaganmiz. Jamoa ertaga bu qora an’anaga nuqta qo‘ya oladimi?
- Ishonchim komil biz ertaga aniq g‘alaba qozonamiz.
Tarkibda jarohat olgan futbolchilarning o‘rni ertaga qanchalik rol o‘ynaydi deb o‘ylaysiz?
- Har bir futbolchining o‘z o‘rni bor. Biroq, ularning o‘rnini to‘ldiruvchi jamoadoshlarimiz etarli.
Fikrlar
Kuproq aniq zarba berish kerak
Uzoqdan yaqindan kuchli zarbalar berish kerak
Xolid eysaga gol urush osonmas
2ta hujumchi tushushi kerak
Bobur va Eldor
Oston va Abbos markazada va qanotda almashib uynashi kerak
Sen urmasang senga urushadi