Islom Ismoilov: "Har uchrashuvda baribir rotatsiyaga qo‘l uramiz"
“Neftchi” klubi chempionatning ikkinchi turida ham 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Bu safar far'g'onaliklar Termizda “Surxon”ni taslim qilishdi. Uchrashuvdan keyin “Neftchi” bosh murabbiyi Islom Ismoilov matbuot anjumanida qatnashdi.
- Birinchi navbatda barcha muxlislarimizni g'alaba bilan tabriklayman. Uzoq yo'l bosib kelib, stadionda bizni qo'llab-quvvatlab turgan ishqibozlarimizga minnatdorchilik bildiraman. O'yinga keladigan bo'lsak, oson o'tmasligi aniq edi. Bu haqida uchrashuvdan avval ham futbolchilarga aytgandik. Ayniqsa, yuqori o'rindagi jamoalar yosh o'yinchilarga ega bo'lgan klublarga qarshi bahslarda ruhiy tarafdan qiynaladi. Bu hol futbolda, Evropada ham kuzatiladigan holat. Shuning uchun o'yinchilarimiz bilan bu haqida ko'p gaplashdik. Baribir xohlaymizmi-xohlamaymizmi, ruhiyatga ko'p narsa bog'liq. Shunga qaramasdan jamoa yaxshi harakat qildi. Eng asosisi, imkoniyatlarimizni golga aylantira oldik.
- O'tgan turda jamoangiz 3:0 hisobida g'alaba qozongandi. Shunga qaramasdan, bugungi uchrashuvda tarkibda rotatsiyalarni ko'rdik. Bu nima bilan bog'liq?
- Tarkibimizda bir nechta yaxshi saviyadagi futbolchilar bor. Har o'yinda o'yinchilarga imkoniyat berishga harakat qilamiz. Bu normal holat. Chunki jamoa tarkibidan kelib chiqib, rotatsiyaga qo'l uramiz. Mavsum tiqiz, o'yinlar orasidagi kunlar ham yaqin. Shuning uchun har uchrashuvda baribir rotatsiyaga qo'l uramiz.
Fikrlar