
Islom Maxachev navbatdagi jangini sobiq chempionga qarshi o‘tkazadi
Engil vazn toifasi jangchisi Islom Maxachev keyingi jangini sobiq chempion – Rafael dos Santosga qarshi o‘tkazadi.
U 24 oktyabr kuni “UFC 254” musobaqasi doirasida oktagonga ko‘tariladi. Aynan o‘sha kechada uning hamyurti Habib Nurmagomedov ham jang qilishi rejalashtirilgan.
28 yoshli rossiyalik sportchi o‘z vazn toifasi reytingida 11-o‘rinni band etgan.
Fikrlar