Islom To‘xtaho‘jaev: Qizil kartochka olganimdan hafa emasman

  • 1 dekabr, 2016, 14:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lokomotiv" jamoasi O‘zbekiston Kubogi 2016 final bahsida Qarshining "Nasaf” jamoasini mag‘lub etib, ikkinchi bor kubok chempioniga aylandi.

Tecno

Shunday qilib Oliy liga 2016 chempionligini ham qo‘lga kiritgan "temiryo‘lchilar" o‘z tarixlarida birinchi bor "oltin dublni" qayd etishdi.

O‘yindan so‘ng "Lokomotiv" himoyachisi Islom To‘xtaho‘jaev o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bugungi final judayam qiziqarli va murosasiz bo‘ldi deb o‘ylayman. O‘yinimizdan ko‘nglim to‘ldi. Bu final bahsi bo‘lgani uchun faqatgina hisob uchun o‘ynadik degan fikrdan yiroqman. Chiroyli o‘yin ko‘rsatishga harakat qildik, biroq “Nasaf” ham jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Ammo uchrashuvning ilk daqiqalaridagi “Nasaf”ning sovg‘asi bizga juda qo‘l keldi.

Shuningdek “Lokomotiv” himoyachisi uchrashuv so‘nggida unga ko‘rsatilgan qizil kartochka borasida ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Bu final bahsi va uning so‘nggi daqiqalari asabiy tarzda o‘tishi tabiiy hol edi. Yashirmayman, o‘yinning so‘nggi daqiqalarida 1-0 hisobini ushlab qolish uchun kurash olib bordik. To‘g‘ri, ayyorlik qilib vaqt cho‘zishga ham harakat qildim. Qizil kartochka olganimdan hafa emasman. Barchani chempionlik bilan tabriklayman, deya so‘zlariga yakun yasadi – Oliy Liga 2016 hamda O‘zbekiston Kubogi 2016 sovrindori Islom To‘xtaho‘jaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!