Islom To‘xtaxo‘jaev "Al-Garafa" klubi bilan shartnoma tuzdi!
“Qizilqum” safida to‘p surib kelayotgan tajribali himoyachi Islom To‘xtaxo‘jaevga “Al-Garafa” klubidan jiddiy taklif kelib tushgani sababli kuni kecha Qatarga yo‘l olgandi. U erda futbolchimiz tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi va bugun futbolchimiz “Al-Garafa” bilan bir yillik shartnoma imzolaganini Sports.uz muxbiriga ma’lum qildi.
Ayni paytda mazkur klubni italiyalik Andrea Stramachchoni boshqarmoqda. Islom faoliyatida ikkinchi bor legioner maqomiga aylandi. 2020 yili Xitoy chempionatida “Shenyan Urban” klubida ham to‘p surganini bilsangiz kerak.
Yaqinda “Qizilqum” bosh murabbiyi Nikola Lazarevich saytimizga bergan intervyusida To‘xtaxo‘jaevni Qatarga ketayotganini tasdiqlab, unga omad tilagandi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun ilgari Baxtiyor Qosimov ham Qatar chempionatiga ko‘chib o‘tgan holda “Al Xor” bilan shartnoma imzolagan. Undan avval esa Sardor Rashidov ham Qatar chempionatiga qaytgandi. Shunday ekan, u erdagi hamyurtlarimizga omad tilaymiz.



Fikrlar