Ismoilovning murabbiyi qotillikda gumonlanib qo‘lga olindi
Taniqli MMA jangchisi Muhammad Ismoilovning murabbiyi Vladimir Osiya hibsga olindi. U Solnechnogorskdagi savdo markazi direktori Nikolay Leonov qotilligi bo‘yicha gumon ostiga olindi.
Osiya Muhammad Ismoilov bilan 10 yildan buyon mashg‘ulot o‘tkazadi. Ushbu murabbiy qo‘l ostida Muhammad 2011 yilda Rossiya chempionatida qolib chiqdi. Bir yildan keyin jahon chempionatida g‘alaba qozondi. Ismoilov aralash jang san’atlari bo‘yicha Rossiyaning birinchi chempioni sifatida tarixdan joy olgan.
Vladimir Osiyaning bir necha shogirdlari jang san’atlari bo‘yicha yuqori natijalarni qayd etib kelmoqda.

Fikrlar