Ispaniya bir necha rekord o‘rnatib ketdi

  • 15 iyul, 2024, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniyada tashkil etilgan Evropa chempionati Ispaniya terma jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi. “Evro-2024”da ispanlarni to‘xtatadigan raqib topilmadi.

Luis de la Fuente shogirdlari musobaqa davomida bir necha yangi rekordlarni qayd etganini alohida e’tirof etish lozim.

Ispaniya Evropa chempionatlari tarixida bitta musobaqada eng ko‘p to‘p kiritgan terma jamoa bo‘ldi. Ispanlar guruh bahslarida Italiya, Xorvatiya va Albaniya terma jamoalariga jami beshta gol urib, o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Pley-offda Gruziyani 4:1, Germaniya, Frantsiya va Angliyaning bir xil – 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Ettita bellashuvni o‘z foydasiga hal qilgan ispanlar jami 15 ta gol urdi va bu yangi rekord sifatida qayd etildi.

Bundan tashqari, Ispaniya terma jamoasi Evropa chempionatlarida to‘rtinchi marotaba bosh sovrin sohibi bo‘ldi. Hali biror terma jamoasi qit’a chempionatida bu qadar ko‘p g‘alaba qozonmagan. Ispaniya 1964, 1984, 2008, 2012 va 2024 yilgi chempionatlar finalida o‘ynagan va faqatgina qirq yil oldin – 1984 yilgi hal qiluvchi bahsda mag‘lub bo‘lgan xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!