
Ispaniya Evropa chempionati saralashida 20 yildan beri mag‘lub bo‘lmayapti
Kecha Ispaniya terma jamoasi "Evro-2024" saralash o‘yinlari doirasida Norvegiyani mag‘lub etdi (3:0). Shu tariqa, "qizil furiya" Evropa chempionatining saralash bahslarida o‘z uyida o‘tkazilgan o‘yinlarda g‘alabalari sonini ketma-ket 23 taga etkazib oldi va bu borada rekord o‘rnatdi.
Oxirgi marta ispanlar 20 yil avval o‘z uyida mag‘lub bo‘lgan. O‘shanda Gretsiya terma jamoasiga minimal, 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, "Evro-2024" saralashining navbatdagi bosqichida Ispaniya safarda Shotlandiya termasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 28 mart sanasiga belgilangan.
Fikrlar