Ispaniya futbol federatsiyasi "el-klasiko" oldidan tezkor yig‘ilish o‘tkazdi
Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi La Liganing 10-tur qoldirilgan bahsi – “Barselona”-“Real” uchrashuvi masalasida tezkor yig‘ilish o‘tkazdi.
Marca nashri tarqatgan xabarga qaraganda ushbu yig‘ilish bo‘lajak o‘yin oldidan barcha xavsizlik choralarini ta’minlash haqida bo‘lgan. Ular o‘yin vaqtida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha ehtimoliy tartibsizliklar masalasini ko‘rib chiqishgan.
Biroq, yuqoridagi masala yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishga “Barselona”dan ham, “Real”dan ham hech qanday vakil taklif qilinmagan.
Gap shundaki, 18 dekabr kuni, ya’ni, “el-klasiko” bo‘ladigan kun Kataloniyada mustaqillik masalasida katta namoyish bo‘lishi rejalashtirilgan. Unda taxminan 20 ming kishi ishtirok etadi. Bu ham vaziyatning og‘irlashtirishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Fikrlar