Ispaniya klubi "Atletiko"ning tajribali himoyachisini tekinga qo‘lga kiritmoqchi

  • 29 aprel, 16:38
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Atletiko" jamoasining himoyachisi Sesar Aspilikueta Ispaniyaning boshqa klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda "AS" nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 35 yoshli himoyachini "Selta" klubi o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Sesar Vigo klubiga bepul o‘tishi mumkin. Sababi uning "matraschilar" bilan tuzilgan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida tugaydi.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Aspilikueta Madrid jamoasi tarkibida 12 ta o‘yinda maydonga tushdi. Himoyachi bir marotaba raqib darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, La Liganing 33-turi yakuniga ko‘ra "Selta" ettinchi, "Atletiko" esa uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!