Ispaniya Superkubogidan kim qancha ishlab oldi?
AS nashri, Ispaniya Superkubogidan ishtirokchi klublar qancha daromad qilgani haqida ma’qola e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Madridning "Real"i umumiy 12 million evro ishlab topdi. Shundan 6 millioni ishtirok uchun, qolgan 6 millioni esa g‘olibga beriladigan mukofot puli sifatida beriladi.
Shuningdek, "Real" futbolchilarining xar biri 150 ming evrodan mukofot pullari olishadi.
"Barselona" o‘z ishtiroki uchun 6 million evro, finalchi "Atletiko" 4 million, "Valensiya" esa 1,7 million evro ishlab oldi.

Fikrlar