Ispaniya terma jamoasi jahon chempionati rekordini o‘rnatdi
Ispaniya jahon chempionatida Portugaliyani musobaqadan chiqarib yubordi. 1/8 final bosqichidagi keskin bahs 1:0 hisob bilan «Furiya Roxa» foydasiga hal bo‘ldi.
Shu tariqa Ispaniya terma jamoasi jahon chempionatida ketma-ket oltinchi o‘yinni gol o‘tkazmasdan yakunladi. Bu ko‘rsatkich butun turnirlar tarixi uchun rekord natija sifatida qayd etilmoqda.
Joriy mundialda ispanlar darvozasiga beshta uchrashuv davomida birorta gol urilmadi. Bunga qo‘shimcha ravishda, "JCh-2022"da ham Ispaniya ishtirok etgan yana bir o‘yinda raqiblar hisobni ocha olmagan edi.
Eslatib o‘tamiz, to‘rt yil avval Ispaniya jahon chempionatida Marokash terma jamoasiga qarshi bahsda musobaqani tark etgandi. O‘sha o‘yin asosiy vaqtda 0:0 hisobida yakunlanib, penalti seriyasida marokashliklar ustun kelgan.

Fikrlar