Ispaniya terma jamoasi sardori yangi klubga o‘tish arafasida
Turkiyaning "Galatasaray" klubi Viktor Osimxenni transfer qilganidan so‘ng hujumchi Alvaro Moratani qo‘yib yuborishga tayyorligini bildirdi.
Kecha ma’lum bo‘lganidek, Istanbul klubi Osimxen transferi uchun "Napoli" ga 75 million evro to‘lab beradigan bo‘ldi. Morata esa "Komo" klubi bilan shartnoma shartlarini kelishib olgan.
Jurnalist Janluka Di Martsioning xabar berishicha, Turkiya klubi bugunning o‘zida ispaniyalik hujumchini Fabregasning jamoasiga o‘tishini ma’qullashi mumkin. Alvaroni transferi faqat "Milan" bilan ijara shartnomasini bekor qilganidan keyin amalga oshishi mumkin bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli hujumchi "Galatasaray" safida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol kiritgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar