Ispaniya va Argentina o‘rtasidagi Finalissima vaqti e’lon qilindi

  • 13 oktabr, 06:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2024 yilda ikki qit’a chempionligiga sazovor bo‘lgan Ispaniya (Evropa chempionati g‘olibi) va Argentina (Amerika kubogi sohibi) o‘rtasidagi “Finalissima — 2026” uchrashuvi kelasi yilning 28 mart kuni Qatarda bo‘ladi.

Tecno

Marca nashrining yozishicha, FIFA mutasaddilari bu uchrashuvni “Lusail Aykonik” stadionida tashkillashtirishni istayapti. Zaxira variantlari sifatida Saudiya Arabistoni va AQShdagi arenalar tanlangan.

Futbol tarixida erkaklar o‘rtasidagi ilk Finallisima 2022 yilning iyunida o‘tkazilgan edi. O‘shanda Argentina futbolchilari hal qiluvchi bahsda Italiyaning 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilgi qit’a chempionatlari finallarida Ispaniya terma jamoasi Angliya ustidan 2:1 hisobida zafar quchgan. Argentinalik futbolchilar esa qit’a chempionatining oxirgi o‘yinida Kolumbiyadan 1:0 hisobida ustun kelgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!