Isroil Madrimovning 29 fevraldagi jangi qanday maqomda bo‘ladi?

  • 25 fevral, 2020, 11:16
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 2
  • Boks
CHERY AUTO

Dushanba kuni WBA tashkiloti rasman Isroil Madrimovning 29 fevral kuniga belgilangan jangi chempionlik kamari uchun saralash vazifasini o‘tab berishi tasdiqladi.

Tecno

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda birinchi o‘rta vazn toifasi WBA reytingida 3-o‘rinni egallab turgan Madrimov 29 fevral kuni AQShning Fresko shahrida reytingning 10-pog‘onasidan joy olgan Charli Navarroga qarshi ringga ko‘tariladi. G‘olib bokschi chempionlik kamari uchun rasmiy da’vogarga aylanadi.
Avvalroq, ESPN telekanali bokschilar reytingda 2-o‘ringa ko‘tarilish uchun o‘zaro jang o‘tkazishlari haqidagi xabarni e’lon qilgandi. Endi esa WBA tashkilotining o‘zi jang chempionlik kamari uchun da’vogar bokschini aniqlab berishini tasdiqladi.
WBA rasmiy saytida berilgan xabarga ko‘ra, 29 fevral kungi boks oqshomi tashkilotchisi, britaniyalik taniqli promouter Eddi Xirn bu masala yuzasidan barcha talab va majburiyatlarni bajargan. Shundan keyingina WBA Madrimov - Navarro jangiga rasman saralash maqomini berdi.
Ma’lumot uchun, hozirda birinchi o‘rta vazn toifasi WBA reytingida birinchi va ikkinchi o‘rinlarni mos ravishda sobiq jahon chempioni Jarrett Xyord hamda Erikson Lyubin egallab turibdi. Jeyson Rosario WBA superchempioni, Erislandi Lara WBA Regular, Mishel Soro esa WBA Gold chempionlik kamari sohibi bo‘lib turibdi.
Manba: Isroil Madrimov kanali

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Dilshod Sagatov
25/02/2020 22:44
Манба деган ёзувдан сўнг, Мсроил бўлиб қолибди, Исроил исми боксчимизни, қачон сайтга маълумот чиқараётганда арфографик хатосиз ёзишни ўрганасизлар баракатопкурлар....
&
29/02/2020 09:41
Тўғри ёзилган Сиз ҳато ёзяпсиз