Istalgan himoyachi havas qilsa arzigulik ko‘rsatkichlar

  • 9 dekabr, 2024, 20:14
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Frantsiya chempionati doirasida "Lans" hamda "Monpele" jamoalari o‘zaro kuch sinashgandi. Mazkur bellashuvda mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchdi. 

Gollardan biriga Labo mualliflik qildi, shuningdek, Lekont o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 

Qayd etish lozim, hamyurtimiz Abduqodir Husanov ushbu o‘yinda to‘liq harakat qildi va "SofaScore" talqiniga ko‘ra, bellashuvning eng yaxshisi, deya topildi (7.8 ball). 

Ushbu o‘yinda Abduqodir Husanov qayd etgan statistikani eng mayda detallarigacha tanishib chiqishingiz mumkin: 

Tozalashlar - 5 ta 
Zarba yo‘liga "blokirovka" - 1 ta 
To‘pni olib qo‘yish - 1 oa 
Driblingga aldanish - 0 ta 
To‘pga teginish - 62 ta 
Paslar aniqligi - 49/52 (94 %) 
Duellarda - 3/2 
Follar soni - 1 ta 
Muvaffaqiyatli dribling -  1 ta 

Qiziqarli tomoni shundaki, legionerimiz himoyadagi harakatlaridan tashqari, hattoki dribling amalga oshirishga ham ulgurmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!