"Istiqlol" stadionida o‘tadigan "Neftchi" - "Navbahor" o‘yinini kim sharhlaydi?
Coca-Cola Superligasi 22-tur uchrashuvlari davom etadi. Bugun turning markaziy o‘yini shubhasiz Farg‘onada bo‘ladi. Vodiy derbisida “Neftchi” “Navbahor”ni muhtasham “Istiqlol” stadionida qabul qiladi.
Mazkur to‘qnashuv “Sport” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi. Ma’lum bo‘lishicha, derbini sharhlab borish Eldor Mustafoevning zimmasiga yuklatilgan.
Shuningdek, bugungi qolgan ikkita uchrashuvni kimlar sharhlashi ham ma’lum bo‘ldi. Bu borada telekanalning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasi orqali xabar berildi.
18:30 NEFTChI — NAVBAHOR
Sharhlovchi: E.Mustafoev
Rejissyor: R.Mirdadaev
18:30 PAXTAKOR — QO‘QON-1912
Sharhlovchi: Z.Qilichev
Rejissyor: S.Soatov
18:30 SO‘G‘DIYoNA — SURXON
Sharhlovchi: A.Nurmonov
Rejissyor: M.Yo‘ldoshev



Fikrlar