Italiya terma jamoasining sobiq futbolchi 43 yoshida maydonga qaytdi
Italiya terma jamoasida ikkita o‘yin o‘tkazgan sobiq futbolchi Franko Brientsa yana professional faoliyatini tiklashga qaror qildi.
Bu futbolchi o‘z davrida “Palermo”, “Bari”, “Bolonya”, “Siena” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.
Brientsa 2019 yili butsasini mixga ilgandi. Uning oxirgi jamoasi “Bari” bo‘lgan.
Endi 43 yoshli futbolchi Italiya chempionatining beshinchi divizionida ishtirok etayotgan “Iskiya Kalchio” jamoasiga yordam bermoqda. Brientsa birinchi uchrashuvini “Montekalchio” jamoasiga qarshi o‘tkazdi.
Fikrlar