Italiyada chempionlik uchun favorit aniq. Kurashda “Roma” bormi?
Tajribali murabbiy Fabio Kapello A Seriyaning yangi mavsumida chempionlik uchun kurashda “Yuventus”ning imkoniyatini yuqori baholamoqda.
- Bu mavsum murabbiylar turniri bo‘ladi. Tarkib kuchli: Mourino, Allegri, Spaletti va Sarri. Mourinoning o‘ziga xos xarakteri “Roma”ga juda mos tushadi. Lekin bu jamoaning ayrim muammolari bor.
“Yuventus” chempionlik poygasida old qatordan boshlaydi. Chunki “Inter” etakchilarini qo‘yib yubordi. Allegriga ishonch katta. Lekin avvalgi muvaffaqiyatlarni takrorlash oson bo‘lmaydi.
Shu bilan birga “Inter” chempion tarkibni yo‘qotdi, degan fikrga qo‘shilmayman. Ha, bosh murabbiy va bir necha futbolchilar ketti, lekin jamoa sifatini saqlab qoldi. Edin Jeko “Chelsi”ga ketgan Romelu Lukakuga munosib o‘rinbosar, - dedi Fabio Kapello.

Fikrlar