Jahon chempionati. "A" Guruhi vakillaring mundiallardagi natijalari bilan tanishing

  • 07.12.2025 23:22
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

AQSh, Kanada va Meksika yashil maydonlari muzbonlik qiladigan Jahon chempionatining  "A" guruhidan o‘rin olgan terma jamoalarning shu vaqtgacha mundiallardagi ishtiroki bilan tanishing.

"A" guruhidan mezbon Meksika terma jamoasi joy olgan. Konkakaf vakillari ushbu  mundialga qadar, 17 marta Jahon chempionatlarida ishtirok etgan. Ular ilk bor 1930 yildagi dastlabki chempionatning o‘zida debyut qilgan. Tarixdagi eng yaxshi natijasi esa chorak final hisoblanadi. 1978 va 1986 yildagi o‘zlari mezbonligida o‘tgan turnirlarda kuchli 8talikdan joy egallagan. So‘ngi turnirni esa gurux bosqichidayoq yakunlagan edi. Jamoa etakchilari, Rafa Markez, Andres Guardado, Gilermo Ochoa hamda Antonio Karbaxal 5 martadan mundiallarda ishtirok etgan. Ochoa bu galgi turnirda ham jamoa tarkibida bo‘lishi kutilmoqda. Eng yaxshi to‘purar esa Xavier Ernandes hisoblanadi. Uning hisobida 4 gol bor. 

Guruxdagi ikkinchi jamoa Janubiy Afrika Respublikasi. Qora qit’a vakillari o‘z tarixlarida o‘rtinchi  marta mundialda ishtirok etadi. Afrikaliklar 1998 yilda Frantsiya mezbonlik qilgan Jahon chempionatida debyut qilgan edi. 2002 yilda Yaponiya va Koreya mezbonligida bo‘lib o‘tgan mundial ham Janubiy Afrika terma jamoasisiz o‘tmaydi. Undan so‘ng 2010 yilda aynan ushbu yurt mundialni qabul qiladi. Ushbu terma jamoaning eng yaxshi va eng yomon natijasi ham guruh bosqichi xisoblanadi. 

"A" guruhining 3- jamoasi Osiyo qit’asi vakili Janubiy Koreya terma jamoasi. Koreyslar shu vaqtga qadar, o‘n bitta Jahon chempionatida ishtirok etganlar. Ular 1986 yilda Meksikada bo‘lib o‘tgan mundialdan boshlab, doimiy tarzda turnirda qatnashib kelmoqda. "Osiyo yo‘lbarslari"ning eng yaxshi natijasi, 2002 yilda Yaponiya va o‘zlari mezbonligida o‘tgan turnirga to‘g‘ri keladi. O‘shanda Janubiy Koreya terma jamoasi musobaqaning yarim finaligacha etib borgan va yakunda 4-o‘rinni egallagan edi. Terma jamoa safida Jahon chempionatlarida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi  Hong Myun-Bo hisoblanadi. U o‘zi ishtirok etgan 4 ta turnirda umumiy 16 ta uchrashuvda maydonga tushgan. To‘purarlar esa, Son Xyn Min, Park Ji Sun va An Jon Xvan hisoblanadi ular hisobida 3 tadan gol bor. 

Guruhning 4-jamoasi esa pley-offdan so‘ng aniq bo‘ladi. Saralash bosqichida, Shimoliy Makedoniya, Daniya, Chexiya va Irlandiya terma jamoalari kurash olib borishadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!