
Jahon chempionati. Bugun 2 nafar hamyurtimiz medallar uchun tatamiga chiqadi
Budapesht shahri dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Bugun uchinchi kun doirasida ayollar o‘rtasida -57, erkaklarda esa -73 kg vazn toifasida bellashuvlar tashkil etiladi.
Tatamiga chiqadigan dzyudochilarimiz:
-57 kg: Shukurjon Aminova – Marta Favaz (Frantsiya)
-73 kg: Shahram Ahadov – Lavjargal Anhzaya (Mo‘g‘uliston) / Aron Jabo (Vengriya)
Ma’lumot uchun, bugungi saralash dasturi bizning vaqt bilan soat 14:30da boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Fikrlar