Jahon chempionati favoritlari ro‘yxati e’lon qilindi
Nufuzli "Goal" portali 2026 yilgi Jahon chempionati favoritlari reytingini e’lon qildi. Mundialga allaqachon 18 ta terma jamoa yo‘llanma olgan, ya’ni yana 30 ta yo‘llanma uchun kurash davom etmoqda.
Biroq, mualliflar reytingga hali turnirga yo‘l olmagan, ammo bunga erishishi shubhasiz bo‘lgan yuqori darajadagi jamoalarni ham kiritishgan. "Goal" asosiy favorit maqomini amaldagi Evropa chempioni - Ispaniya terma jamoasiga bermoqda: "Ispaniya Evro-2024da ajoyib natija ko‘rsatdi, biroq 2026 yilgi jahon chempionatida u yanada yaxshiroq o‘yin namoyish etishi mumkin."
Ikkinchi o‘rinda amaldagi Jahon chempioni, Lionel Messi to‘p tepayotgan Argentina terma jamoasi turibdi. Kuchli uchlikni 1966 yilda Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Angliya terma jamoasi yakunlamoqda.
Keyingi o‘rinlarda Portugaliya, Frantsiya, Germaniya, Niderlandiya, Braziliya, Marokash va Ekvador jamoalari joy olgan.

Fikrlar