Jahon chempionati oldidan terma jamoa oʻyinchisi pasportini oʻgʻrilatdi
Saudiya Arabistoni terma jamoasi futbolchisi Saud Abdulhamid pasport yo‘qolgani sababli jahon chempionati oldidan yig‘inda jamoaga qo‘shila olmadi.
- Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi milliy terma jamoaning “JCh-2026” final bosqichiga tayyorgarligi doirasida Saud Abdulhamidning yig‘ingohga kechikib yetib kelishi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berishni istaydi.
Futbolchi rejalashtirilganidek, Ar-Riyodga vaqtda ucha olmadi, chunki u oilasi bilan nikoh marosimida qatnashish uchun bo‘lib turgan Amsterdam shahrida uning shaxsiy avtomobili buzib ochilgan. Hodisa oqibatida shaxsiy buyumlari, jumladan pasporti ham o‘g‘rilangan.
Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi tergov jarayonini nazorat qilish uchun Sport vazirligi bilan hamkorlik qilmoqda, shuningdek futbolchining jamoaga qo‘shilishi uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish maqsadida Saudiya Arabistonining Niderlandiyadagi elchixonasi bilan ish olib bormoqda.
Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi ushbu vaziyatda Saud Abdulhamidni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildiradi va uning milliy jamoa yig‘iniga xavfsiz yetib kelishini kutmoqda, - deyiladi federatsiyaning X ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida.
Saudiya Arabistoni terma jamoasi “JCh-2026” guruh bosqichida Ispaniya, Kabo-Verde va Urugvayga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar