Jahon chempionatida Messi va Ronaldu to‘qnashuvini qaysi bosqichda ko‘ramiz?
Xabaratimiz bor, 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga qur’a tashlandi. O‘zining so‘nggi mundialida maydonga tushishi kutilayotgan Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu chorak finalda to‘qnash kelishi mumkin.
Portugaliya terma jamoasi “K” guruhidan joy olgan bo‘lsa, Argentina “J” guruhiga tushdi. Agar har ikki jamoa guruh bosqichini peshqadam sifatida yakunlab, o‘z yurishini chorak finalgacha davom ettirsa, futbol muxlislari Messi va Ronaldu o‘rtasidagi bahsga yana bir bor guvoh bo‘lishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan musobaqa kelasi yil 11 iyunda start oladi.


Fikrlar