Jaloliddin Masharipov: "Bizning darajamiz bu terma jamoalardan yuqori"

  • 28 mart, 2022, 21:16
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Namangan shahrida mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. Bugun O‘FA matbuot xizmati jamoamiz yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov bilan kichik intervyu uyushtirdi.

– Finalga chiqqanimizdan xursandmiz. Xudo xohlasa, chiroyli o‘yin ko‘rsatib, muxlislarni mamnun qilamiz. Bu bellashuvlarni rasmiy bahslarga tayyorgarlik deb bilamiz. Yigitlar o‘yindan o‘yinga bir-birini yanada yaxshiroq tushunib, murabbiy xohlayotgan narsalarni ko‘rsatishga harakat qilmoqda.  

Afrika jamoalarining hammasi bir xil uslubda harakat qiladi. Ular himoyada yaxshi o‘ynaydi, hujumida doim 1-2 ta yaxshi saviyadagi futbolchi bo‘ladi. Ertaga o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga, to‘pni ko‘proq nazorat qilishga harakat qilamiz. Sababi, biz o‘z maydonimizda o‘ynayapmiz. Shuning uchun ham har tomonlama ustun bo‘lishimiz kerak. Menimcha, darajamiz bu terma jamoalardan yuqori.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!