Jaloliddin Masharipov qachon safga qaytadi?

  • 22 yanvar, 11:17
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Xabaringiz bor, Eron Pro-Ligasining 16-turi doirasida "Istiqlol" - "Shams Azar" bahsida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Jaloliddin Masharipov jarohat oldi. Futbolchi maydonga asosiy tarkibda maydonga tushdi va 4-daqiqada zaxiraga olindi. 

"ww.varzesh3" nashri xabariga ko‘ra, legionerimiz MRT tekshiruvidan o‘tgan va kamida 4 haftani o‘tkazib yuboradi. Bu orada "ko‘klar" "Malavan", Xuzestonning "Istiqlol"i, "Al-Shorta", "Rafsanjon", Shams Azar" va "Al-Rayyan" bilan o‘ynaydi. 

Ma’lumot uchun, joriy mavsum Eron chempionatida 15 ta o‘yinda qatnashib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!