Jaloliddin Masharipov qaytdi (Foto)

  • 16 mart, 2022, 12:42
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni chempionati 24-turidan o‘rin olgan "Al-Ittifoq" va "Al-Nassr" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda riyodliklar safida harakat qilgan legionerimiz Jaloliddin Masharipov asosiy tarkibda maydonga tushgan edi.

43-daqiqada hamyurtimiz raqib bilan to‘qnashuvda qoshini yorib oldi va o‘yinni davom ettira olmadi.

Tekshiruvlarda Masharipovning yuz qismidagi jarohatdan tashqari, burun suyagi singani ham aniqlangandi.

Ayni paytda klub matbuot xizmati hamyurtimiz safga qaytganini ma’lum qildi. Masharipov jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda. Demak, jarohati jiddiy emas. U sheriklari bilan keyingi turga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

FN6X_9cX0AACQd9

FN6YENQWUAMFAMx

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!