“Jaloliddinov “Loko” ko‘rsatayotgan futbolga yaramaydi!”

  • 3 sentabr, 2020, 11:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 13
  • Futbol
CHERY AUTO

“Rubin” klubining sobiq sport direktori, yurtimizda faoliyat yuritgan Muhsin Muhammadiev Moskvaning “Lokomotiv” jamoasiga ko‘chib o‘tgan 18 yoshli Jasur Jaloliddinov haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

437a355b6e3801e8e39f336858c70c39

- Men O‘zbekistonda ishladim va Jasurni maydondagi ishlarini ko‘rdim. O‘z yurtida u eng iste’dodli o‘yinchilar qatoriga kiradi. Tezkor va texnikasi kuchli futbolchi. Lekin mening fikrimcha, u hozir “Lokomotiv” qurayotgan o‘yin uslubiga to‘g‘ri kelmaydi. Bu 1990 yillardagi “Spartak” jamoasiga to‘g‘ri keladigan yarim himoyachi. “Lokomotiv”ga hozir shiddatli va jismonan baquvvat futbolchilar kerak.

Jaloliddinov Joau Mariudan ustun bo‘la oladimi? Bu noo‘rin taqqoslash. Bu haqida nima deyishni ham bilmayman, - dedi Muhsin Muhammadiev.

Tan olish kerakki, Jasur Jaloliddinovning “Lokomotiv”ga transferi ancha shov-shuvli bo‘ldi. U Italiyaning “Benevento” jamoasida malaka oshirganidan buyon qator klublar e’tiborini qozongan edi. O‘zbek futbolchisiga “Lokomotiv” qatorida Portugaliyaning “Benfika”, Italiyaning “Udineze”, “Benevento”, Turkiyaning “Beshiktosh”, Ispaniya va Osiyoning qator klublaridan qiziqish bo‘layotganini agenti Yuriy Belous aytib o‘tgandi.

2bb64cd10ee0131f7e89baca5bc8f9e3_1

Jasur qator klublarning nishoniga tushishida The Guardian ekspertlari tomonidan o‘z yoshida dunyoning eng yaxshi 60 nafar futbolchisi ro‘yxatiga kiritilgani ham ta’sir qilgan. Darhaqiqat, “Bunyodkor” futbol klubi tarbiyalanuvchisi 2002 yilda tug‘ilgan futbolchilar o‘rtasida Osiyoda eng kuchli beshlikka kiradi.

“Bunyodkor” asosiy tarkibida 16 yoshu 80 kunligida debyut qilib, O‘zbekiston milliy chempionatlarida to‘p surgan eng yosh futbolchi sifatida tarixga kirgan Jaloliddinov bu jamoa uchun jami 32 ta uchrashuvda 3 ta gol urgan. 2020 yilda O‘zbekiston terma jamoasida debyutini o‘tkazgan.

Jasur Jaloliddinovning transferi uchuni “Lokomotiv” 1 million evrodan ziyodroq mablag‘ sarfladi va hamyurtimiz bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Yaqinda O‘zbekiston Professional ligasi rahbariyatining ushbu transfer bo‘yicha turli gumonlarni bildirdi. Masala o‘rganilib, shubha-gumonlar bartaraf  etilmagunicha klub yangi o‘yinchisini ro‘yxatdan o‘tkaza olmadi. Bu muammo barham topishi bilan Moskva klubi Jasurni Rossiya premer-ligasi qaydnomasidan o‘tkazdi. Futbolchi oltinchi turda “Zenit”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvga jalb qilingan o‘yinchilar ro‘yxatiga kiritildi va o‘yinni zaxira o‘rindig‘idan kuzatdi.

jasur-loko-mash

Endi Jasur Jaloliddinov “Lokomotiv”da debyutini o‘tkazib, nimalarga qodirligini isbotlashi qoldi xolos.

Transfer mojarosi bartaraf etilgan. Jaloliddinov debyutini qachon ko‘ramiz?

Miranchuk Italiyaga ketyapti. Endi Jaloliddinovga joy ochiladimi?

Jasur Jaloliddinov premer-ligada to‘p surish huquqiga ega bo‘ldi

Jaloliddinov transferi mashmashasi Rossiyada ham aks sado bermoqda. Agent bor gapni aytdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
01/09/2020 18:49
Буни урнида жим утириб бирон вокеага изох бермаган булардим))))
ZAFAR 99705
01/09/2020 14:32
Jasur istedotli fudbolchi biz jasurga ishonamiz ammo u lokoning asosiy tarkibga kirish uchun ancha mexnat qilish kerak

FANAT-MYU
01/09/2020 19:08
Bu komentizni naxt 10 marta yozibsiz Muhsinjon okamiz ancha adashibdi. Jasurni Hujum ortida sinab ko‘rishsa juda katta foydasi tegadi
Sardor Usmanov
01/09/2020 14:02
Vo muhsin oldin Jaloliddinovni uyinini kor lokoda qanday o'ynaydi keyin fikr bildirasan man Jaloliddinovni muhlisi emasman lekin 90-yillarga mos futbolchi deb kamsitishdan oldin uzim kim noganman deb savol ber kim kimligini vaqt korsatadu