Jarohat olgan futbolchilarga eng ko‘p maosh to‘lagan klublarni bilasizmi?

  • 7 iyul, 2021, 18:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning Marca nashri Betiton Sports tadqiqotiga asoslanib, jarohat olgan futbolchilarning maoshiga eng ko‘p pul sarflaydigan klublar ro‘yxatini e’lon qildi.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, bu borada “Real” “etakchilik” qilmoqda. “Qirollik klubi” belgiyalik yarim himoyachi Eden Azarga haftasiga 475 ming evro to‘lagan. Jarohatlar tufayli u o‘tgan mavsum 252 kunni o‘tkazib yubordi. Shu tariqa, “Real” futbolchiga maydonga tusha olmagan bo‘lsa ham unga qariyb 17 million evro to‘lagan.

Ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni "Barselona" klubining hujumkor yarim himoyachisi Filippe Koutino egalladi. Braziliyalik futbolchi haftasiga 474 ming evro ishlab topadi va u jarohati tufayli 233 kunni o‘tkazib yubordi. Koutino o‘ynamagan vaqti uchun kataloniyaliklar unga 16 million evro to‘lagan.

Ro‘yxatning uchinchi pog‘onasini PSJning braziliyalik hujumchisi Neymar egalladi. U haftasiga million evro ishlab topadi va o‘tgan mavsum 95 kunni o‘tkazib yubordi. Parijliklarning bu boradagi zarari taxminan 13,6 million evroni tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun, tadqiqot 2020 yil aprelidan 2021 yil martigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!