
Jastin Getji: Habibni kimdir enga olishiga ishonmayman
Amerikalik aralash jang san’atlari ustasi Jastin Getji rossiyalik sobiq UFC jangchisi Habib Nurmagomedov haqida fikr bildirdi:
"Habib juda va juda kuchli. Parterda yaxshi harakat qiladi va zarbalarga chidamli. Unga qarshi jangda aniq zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldim, ammo zarbam kuchli chiqqaniga qanchalik amin bo‘lmay, uning holati o‘zgarmadi.
Uning jeb zarbalari borgan sari kuchliroq chiqa boshlaydi. Yuzingga qaerdan zarba yog‘ilib kelayotganini sezmay ham qolasan.
U bilan yana jang o‘tkazish imkoni tug‘ilsa, boshqacha taktika bilan g‘alaba qozonishim mumkinmi? Bilmadim! Uni kimdir enga olishiga amin emasman", - dedi Getji.
Fikrlar