
Jastin Getji jang avvalidanoq mag‘lubiyatni tan olmoqdami?
UFC jangchisi Jastin Getji Xabib Nurmagomedov hamda Toni Fergyusonni taqqoslagan holda, o‘z fikrini bayon etdi.
"Xabibning nima qilishini hamma yaxshi biladi. U sizni oktagon panjarasiga olib boradi va yiqitishga harakat qiladi. O‘ylaymanki, u oktagon markazida meni ushlab turolmaydi. Uning uslubi allaqachon ma’lum bo‘lgan. Ammo Fergyusonni qanday mag‘lub etishni bilmayman. Men buni topishga harakat qilaman. Buni hal qilish qiyin bo‘ladi”,- dedi Getji MMA Fighting ga.
Fergyuson va Getji o‘rtasidagi jang Toshkent vaqti bilan 10 may tongda Jeksonvillda (Florida, AQSh) bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar