Jasur Abduraimov iste’foga chiqdi

  • 21.10.2021 06:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, Bekobodning “Metallurg” jamoasi mamlakat milliy chempionati – Coca Cola Superliganing so‘nggi ikki turini bosh murabbiysiz o‘tkazgandi.

Kecha “Metallurg” PFKning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Klub rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Jasur Abduraimov salomatligi bois faoliyatini davom ettira olmasligini bildirib ariza berganligini ma’lum qildi. Ikki tomonlama kelishuvga muvofiq shartnoma bekor qilinganligi bayon etildi.

abduraimov jasur1

“Metallurg PFK” klubdagi samarali faoliyati uchun Jasur Abduraimovga minnatdorlik bildiradi va u kishining kelgusi ishlariga muvaffaqiyat tilaydi, - deyiladi “Metallurg” matbuot xizmatining xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!