Jasur Ahmadjonov professional boksdagi sakkizinchi jangini o‘tkazdi
23 yoshli professional bokschimiz Jasur Ahmadjonov (6-0-1, 4KO) kecha Tailandda o‘zining sakkizinchi jangini o‘tkazdi. Bu safar unga indoneziyalik Sugiri (5-2, 3 KO) raqiblik qildi.
Quvonarlisi, 8 raundlik jangning dastlabki raundidayoq hamyurtimiz raqibni nokautga uchratdi va o‘zining profi boksdagi ettinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar