Jasur Jaloliddinov Italiya chempionatini kuzatishni boshladi
«Bunyodkor» klubining 17 yoshli iste’dodli futbolchisi Jasur Jaloliddinovga Italiya «V» seriyasi qatnashchisi «Benevento» klubining qiziqish bildirayotgani e’tiborni tortadigan xabar sanaladi.
Chindan ham Jasurda katta iqtidor bor va u o‘sishda davom etmoqda. Unga esa xorijdan qiziqishlar paydo bo‘lishi ham tabiiy edi. Aytish joizki, aynan italiyaliklar tomonidan chindan ham taklif bo‘lganligini bilish maqsadida Jaloliddinov bilan bog‘langanimizda u rostdan ham qiziqish bo‘layotganini tasdiqladi.
O‘zining aytishiga qaraganda, ayni paytda Italiya «V» seriyasini kuzatib borayotganini ham yashirib o‘tirmadi. Demak, chindan ham futbolchimizga jiddiy taklif kelib tushgan. Shu sababli Jasur Italiya chempionatini va undagi o‘yinlarni kuzatishni boshlagan. Tez orada u bilan uyushtirilgan suhbatni e’tiboringizga havola etamiz.

Fikrlar