
Jasur Jaloliddinov o‘ynaydigan "Lokomotiv" yangi mavsum libosini namoyish qildi (video)
Moskvaning “Lokomotiv” klubi yangi 2020/21 yilgi mavsumda foydalanadigan libosini namoyish qildi.
Aytish kerakki, “temiryo‘lchilar”ning texnik hamkori hisoblangan Adidas firmasi tomonidan tayyorlangan asosiy libos an’anaviy qizil-yashil rangda, safar libosi esa oq rangda ishlangan.
Eslatib o‘tamiz, “Lokomotiv” safiga yaqindagina o‘zbekistonlik yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov kelib qo‘shildi. Ushbu jamoa o‘tgan mavsum RPLda 2-o‘rinni egalladi va yangi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar