Jasur Jaloliddinovga Superliga klublari ham ko‘z tikyapti

  • 02.07.2021 18:19
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mavsum boshidan beri “Andijon” sharafini himoya qilib kelayotgan iste’dodli yarim himoyachi – Jasur Jaloliddinovga ayni paytda takliflar bisyor.

Uning o‘zi yaqinda sports.uz saytiga bergan intervyusida Evropaning bir qancha jamoalaridan chorlovlar bo‘layotgani xususida aytgandi. Bulardan tashqari, Jasurga o‘zimizning Superligadan ham takliflar mavjudligi borasida ma’lumotlar bor.

Jumladan, futbolchini “Lokomotiv” hamda “Qizilqum” klublari o‘z saflarida ko‘rish istagidalar. Biroq Jaloliddinov katta ehtimol bilan keyingi faoliyatini legioner sifatida xorijda davom ettirishi kutilyapti.

Hozircha u “Andijon” a’zosi sifatida “Burgutlar” sharafini himoya qilyapti. O‘tgan vaqt davomida Jasur andijonliklar tarkibida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib o‘z hisobiga bitta gol yozib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!