
Jasurbek Latipov o‘zining sport maktabiga asos solmoqda
Yurtimizning eng sovrindor bokschilaridan biri Jasurbek Latipov o‘zi tug‘ilib o‘sgan Andijon viloyati, Paxtaobod tumanida o‘zining sport maktabini bunyod etmoqda. Bu borada ushbu charmqo‘lqop ustasi o‘z rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
- Qurilish ishlarini endi boshlamoqdamiz. Sport maktabimizda nafaqat boks, balki, bir nechta sport turlari o‘rin olgan. Barcha talablarga javob bera oladigan, zamonaviy tarzda bunyod etamiz. Maqsadimiz yurtimiz sharafini xalqaro arenalarda munosib himoya qila oladigan kadrlarni tayyorlab berishdir...O‘ylaymanki, barchasi biz rejalashtirgandek bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Jasurbek Latipov 2013 va 2015 yilgi jahon chempionati bronza medali sohibi, 2017 yil Gamburg mezbonligidagi jahon chempionatining kumush medalini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, 2017 yil Osiyo chempioni, 2013 yil Butunjahon Universiada o‘yinlarida bronza va 2018 yil Osiyo o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritgan. Ko‘p karra O‘zbekiston chempioni.
Fikrlar