Javohir Alijonov: Golimni rahmatli tog‘amga bag‘ishlayman

  • 25 noyabr, 2020, 22:26
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun professional futboldagi ilk golini urib, "Lokomotiv"ning g‘alabasini ta’minlagan yosh futbolchi Javohir Alijonov klub matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

- Og‘ir, qiyin o‘yinni o‘tkazdik. Barcha futbolchilar maydonning har bir qarichi uchun kurashib, g‘alaba uchun intildi. Xudoga shukr, muvaffaqiyat qozondik.

- Golni nishonlaganingiz haqida gapirsangiz. Nega unday uslubda nishonladingiz?
- Bu tasodifan bo‘ldi. Hissiyotlarga berilib ketdim. Hatto o‘zim ham bunday nishonlayman, deb o‘ylamagandim. Juda xursand edi. Bunday paytda nima qilayotganimni o‘zim ham tushunmay qoldim.

- Nega almashtirishni so‘radingiz? Ahvolingiz yaxshimi?
- Oyog‘imning orqa mushaklari tortishib qoldi, to‘g‘risi, yugurishga biroz qiynalib qoldim. Hozir yaxshi holatdaman.

- O‘yindan keyin oila a’zolaringizdan kim sizga birinchi bo‘lib qo‘ng‘iroq qilib tabrikladi?
- Onajonim. Doimiy ravishda meni qo‘llab-quvvatlaydigan mehribonim. Albatta, bundan keyin ham qattiq harakat qilaman, ko‘proq gollar urishga intilaman. Shu o‘rinda, ushbu golimni rahmatli tog‘amga bag‘ishlayman. Ular kichkinaligimda meni yaxshi ko‘rardilar, eng yaqin insonlarimdan biri edilar. Ular futbolga endi borib yurgan paytlarimda menga doim dalda bo‘lganlar. Ularni yoddan chiqara olmayman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!