Javohir Sidiqov: Omad o‘z yo‘liga, ammo yakunda hisob “gapiradi”
Xabaringiz bor, 31 mart kuni oliy liga 4-tur doirasida “Neftchi” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda qo‘qonliklar 2:1 hisobida zafar quchishdi. Uchrashuvdan so‘ng “Qo‘qon-1912” a’zosi Javohir Sidiqov bahs borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- O‘yin kutilganidek qiyin kechdi. Farg‘ona derbisi nomiga mos o‘tdi. Bu kabi derbilar doim shu tarzda bo‘ladi. To‘g‘risi, Farg‘onada mehmonda birinchi marta o‘ynadim. Murabbiylar va jamoadoshlarim aytganidek murakkab bahs bo‘ldi. Lekin biz uchun eng muhimi “Neftchi”ning muxlislaridan “Qo‘qon-1912”ning ishqibozlari ko‘p ekanligi bo‘ldi. Ular bizga madad berib turishdi. Jamoaning ahilligi bu o‘yinda g‘alabani ta’minladi.

“Neftchi” oldindan yaxshi shakllangan klub. Tarkibda tajribali futbolchilar va legionerlar jamlangan. Qolaversa, murabbiylar shtabi ham kuchli. Futbolda omad muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo asosiysi tablodagi hisob muhimdir, - deydi Sidiqov.



Fikrlar