
Javoxir Sidikov: Imkoniyat doimo bo‘lgan
Bugun Superliga 16-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Turon" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. O‘yin oldidan "temiryo‘lchilar" vakili Javohir Sidiqov o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- Har bir o‘yinda g‘alaba uchun maydonga tushyapmiz. To‘g‘ri, so‘nggi bahslarda omad bizdan yuz o‘girmoqda. "Lokomotiv"da evropalik murabbiy qo‘l ostida uning taktikalarini, fiklari, g‘oyalarini tushunib oldik. Boshida biroz qiynalganimiz rost. Hozir esa barchasi joyida. So‘nggi uch o‘yinda oxirgi daqiqalarda gol o‘tkazib mag‘lubiyatga uchrayotgan bo‘lsak-da, o‘yin bobida raqiblardan ustunlik qilyapmiz. "Turon"ga qarshi bahsda ham chiroyli o‘yin namoyish qilib, muxlislarga natijani ham taqdim qilmoqchimiz.
- "Turon"ga qarshi dastlabki bahsda "Lokomotiv"dagi debyut golingizni urgandingiz.
- Albatta, bu esda qoladigan holat. Biroq ertaga asosiysi natija uchun o‘ynaymiz. Kim gol urishidan qat’i nazar g‘alaba qozonishimizning o‘zi etarli.
- Turnir jadvalida etakchilar va autsayderlar bilan farq unchalik katta emas. Umumiy olganda, maqsadlar qanday bo‘lmoqda?
- Etakchi jamoa bizdan juda katta farq bilan oldinga chiqib ketgan. Ammo bu imkoniyatlar qolmadi degani emas. Imkoniyat doimo bo‘lgan. Mavsum davomida kerakli o‘yinlarda maksimal ochko olishda davom etak, turnir jadvalida yuqorilashimiz mumkin.
Fikrlar