
Jazoirlik ayol (erkak) bokschi muxlislarga murojaat qildi
Parijdagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida -66 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan jazoirlik Iman Xelif Olimpiya o‘yinlari vaqtida sportchilarni haqorat qilishni to‘xtatishga chaqirdi.
“Dunyodagi barcha odamlarni Olimpiya tamoyillari va Olimpiya Xartiyasini hurmat qilishga, sportchilarni haqorat qilmaslikka chaqiraman. Chunki bu yomon oqibatlarga olib keladi. Bu odamlarni ajratishi mumkin. Shu sababli men ulardan tartibsizlik qilishdan saqlanishlarini so‘rayman”, — deya Xelif so‘zlarini keltiradi The Independent nashri sportchining SNTV telekanalidagi chiqishiga tayanib.
Ma’lumot uchun, Xelif 2023 yilgi IBA Jahon chempionati finali oldidan tekshirilgan va gender testlaridan o‘ta olmagani uchun diskvalifikatsiya qilingan edi. O‘shanda Jazoir Milliy Olimpiya qo‘mitasi Xelif "tibbiy sabablarga ko‘ra" diskvalifikatsiya qilinganini aytgan. Keyinchalik Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan Iman Parij Olimpiadasida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Parij-2024 Olimpiadasining nimchorak finalida italiyalik bokschi Anjela Karini ikkinchi raundning boshida Iman Xelif ga qarshi jang qilishdan bosh torgan edi.
Avvalroq IBA prezidenti Umar Kremlyov Parij Olimpiadasida testesteroni yuqori bo‘lgan bokschilarga qarshi jang qilgan har bir ayol bokschi uchun 50 ming AQSh dollari miqdorida mukofot berilishini ma’lum qilgan edi.
Fikrlar