JCh-2022. Frantsiya MTJ safida yana bir jiddiy yo‘qotish

  • 23 noyabr, 2022, 16:52
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati ilk turi doirasidagi Frantsiya - Avstraliya uchrashuvida "uch sherlar" 4:1 hisobida zafar quchdi.

O‘yinning dastlabki daqiqalarida evropaliklarning asosiy himoyachisi Lyuka Ernandes jarohat olib, safdan chiqdi. To‘p uchun kurashda u oyoq mushaklarini jarohatlab oldi.

Shundan so‘ng shifokorlar maydonga tushib keldi va unga bir necha daqiqa davomida tibbiy yordam ko‘rsatildi. Uning o‘rniga ukasi Teo Ernandes bellashuvni davom ettirdi.

Avvalroq, Kriftofer Nkunku hamda Karim Benzema ham jarohat natijasida terma jamoa qarorgohini tark etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!