JCh-2022 saralashi. "Liverpul" yulduzi mundialda o‘ynamaydi
JCh-2022 saralashidan o‘rin olgan Senegal - Misr uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda 1:0 hisobida mezbonlar zafar quchdi.
Ilk o‘yinda "firavnlar" ham shu hisobda zafar quchgani tufayli bellashuvda ekstra taymlar hamda penaltilar seriyasi guvohi bo‘ldik.
Seriyada 3:1 hisobida g‘alaba qozongan Senegal mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Saloh va jamoadoshlari esa Qatarga bormaydigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 7 fevral sanasida o‘tkazilgan Afrika kubogi finalida ham senegalliklar penaltilar seriyasida Misrdan ustun kelgandi.
Fikrlar