JCh-2022. Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi: "Bu g‘alaba mamlakat tarixida abadiy qoladi"

  • 22 noyabr, 2022, 20:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatar mezbonlik qilayotgan Jahon chempionati 1-turidan o‘rin olgan Argentina - Saudiya Arabistoni uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda osiyoliklar 2:1 hisobida zafar quchdi.

Ushbu o‘yin yakuniga etganidan so‘ng saudiyaliklar ustozi Erve Renar sensatsion g‘alaba borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazmadik. Yigitlar tanaffusda xavotir ostida edi. Men ularga hech qanday muammo yo‘qligini, yomon o‘ynamayotganliklarini aytdim. 

Mazkur natija Jahon chempionatlari va Saudiya Arabistoni tarixida abadiy qoladi. Bu qanday bo‘lishini oldindan taxmin qila olmaysiz. Xudoga shukr, mehnatimiz o‘z samarasini keltirdi.

Futbolda shunday narsalar borki, ularni tushuntirib bo‘lmaydi. Argentina bizdan ancha kuchli jamoa. Ammo bugun shogirdlarim o‘z mamlakatlari uchun tarix yaratishdi. 

Oldinda bizni yuqori darajadagi ikki jamoaga qarshi bahslar kutib turibdi. Shuning uchun diqqatni bir joyga jamlashimiz kerak", - dedi mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!