JCh finalini kim boshqarib borishi ma’lum bo‘ldi
Jahon chempionati final uchrashuvi doirasidagi Argentina va Frantsiya terma jamoalari bahsi uchun hakamlar tayinlandi. Uni polshalik Shimon Martsinyak brigadasi boshqarib boradi.
Jahon chempionatida Shimon ikkita uchrashuvda ishladi. Unga guruh bosqichidagi Frantsiya - Daniya (2:1) hamda 1/8 final doirasidagi Argentina - Avstraliya (2:1) uchrashuvlari ishonib topshirilgandi. Ko‘rib turganingizdek, ushbu referi finalchilarning o‘yinlaridan bexabar emas.
Ispaniyalik Antonio Mateu Laos jahon chempionati finalida ishlash uchun favorit hisoblangan edi, biroq u Argentina – Niderlandiya uchrashuvida yomon baho oldi va bu boradagi imkoniyatlarini pasaytirdi.
Eslatib o‘tamiz, 18 dekabr, yakshanba kuni jahon chempionati finali bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:00da start oladi.

Fikrlar